
“Liverpul” katta transferni barbod qildi
Hujum chizig‘ini kuchaytirishga intilayotgan “Liverpul” asosiy nishonlardan biri sifatida “Nyukasl” va Angliya terma jamoasi forvardi Entoni Gordonni tanlagan edi.
The Telegraph nashrining ma’lum qilishicha, mersisaydliklar kutilmaganda 23 yoshli futbolchi transferidan voz kechdi.
Manbaga ko‘ra, bunga “Nyukasl” mutasaddilarining hujumchi transferiga “Liverpul” himoyachisi Jarrel Kuansini qo‘shishni talab qilgani sabab bo‘ldi. Bu talab liverpulliklarga ma’qul kelmadi.
Entoni Gordon o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 49 marotaba maydonga tushib, 12 ta gol va 11 ta assist muallifi bo‘lgandi. Iste’dodli futbolchining transfer summasi 60 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar