"Liverpul" joriy mavsum bor yo‘g‘i 1ta o‘yinda maydonga tushgan futbolchisiga yangi shartnoma taklif qildi

  • 30 aprel, 2019, 19:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Aleks Oksleyd-Chemberlenga yangi shartnoma taklif qildi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra mersisaydliklar 25 yoshli angliyalik futbolchi bilan amaldagi shartnomani 2023 yilga qadar uzaytirishni taklif qilgan. Rahbariyat bu mavsum jarohati sabab bor yo‘g‘i 1ta o‘yinda ishtirok etgan va tiklanish jarayonini davom ettirayotgan futbolchini aynan mana shu yo‘l bilan qo‘llab-quvvatlashni xohlagan.

E’tiborlisi, agar Oksleyd-Chemberlen ushbu kelishuvni imzolasa, uning yillik maoshi 7,25 mln evroga etadi.

Ma’lumot uchun, Oksleyd-Chemberlen “Liverpul” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!