“Liverpul”: Ispan grandlari shu yulduzimizni olib keting!

  • 23 fevral, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasida chempionlik uchun asosiy da’vogar hisoblangan “Liverpul” kelasi mavsum oldidan tarkibida jiddiy o‘zgarishlar qilmoqchi.

Tecno

El Nacional nashrining yozishicha, liverpulliklar urugvaylik hujumchi Darvin Nunes bilan xayrlashishga tayyor.

Manbaning ta’kidlashicha, “Liverpul” mutasaddilari 25 yoshli hujumchini Ispaniya chempionatining grand klublari – “Barselona” va “Atletiko”ga taklif qilgan. Biroq jismonan baquvvat futbolchi ispan jamoalarida qiziqish uyg‘otgani yo‘q.

Ispaniya chempionati Nunes uchun begona emas. “Penyarol”da tarbiyalangan hujumchini 2019 yili “Almeriya” transfer qilib, La Ligaga olib kelgan. Keyin Darvin “Benfika”ga o‘tib, Portugaliya chempionatida porladi.

“Liverpul” bu hujumchini katta umidlar bilan 2022 yilning yozida 85 million evroga transfer qilgandi. Ammo Nunes liverpulliklar kutgan darajada samarali hujumchiga aylana olmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!