"Liverpul" hujumchisi Saudiyaga ketmoqchi

  • 13 yanvar, 18:21
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" hujumchisi Darvin Nunes faoliyati "Al-Hilol" klubida davom ettirishi mumkin. "Transfer News Live" manbasi "Anfield Watch"ga tayanib xabar berishicha, Saudiya klubi Nunesga katta mablag‘da maosh to‘lashga tayyor.

Tecno

Manbaga ko‘ra, "Al-Hilol" Nunesga haftasiga taxminan 400 ming funt maosh taklif qilishga tayyor. Hozirda "Liverpul"da urugvaylik futbolchi haftasiga taxminan 140 ming funt oladi. Bu esa Darvinning maoshi deyarli uch baravarga oshishini anglatadi.

Shuni ta’kidlash joizki, "Al-Hilol"ni Nunesning "Benfika"da o‘ynagan paytida uning murabbiyi bo‘lgan Jorje Jezush boshqaradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!