“Liverpul” hujumchisi “Barsa”ga o‘z xizmatini taklif qildi

  • 16 mart, 16:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” asosiy hujumchisi Robert Levandovskining karerasi oxirgi bosqichda ekanini inobatga olib, kelajakda markaziy forvard vazifasini bajara oladigan o‘yinchi qidirishda davom etmoqda.

Tecno

Kataloniyaliklarga Angliya Premer-ligasidan kutilmagan taklif keldi. Darvin Nunes “Liverpul”dan ketishga tayyorligini bildirib, “Barselona”ga o‘z xizmatlarini taklif qildi.

Jamoani Arne Slot qabul qilib olganidan keyin urugvaylik hujumchining maydondagi roli sezilarli darajada cheklandi.

Darvin o‘ziga bo‘layotgan munosabatdan norozi va yozda jamoasini o‘zgartirishga harakat qiladi.

Nunes ilgari Ispaniyada o‘ynagan va shu bois La Ligaga qaytishni ma’qul variant sifatida ko‘rib chiqmoqda. U Evropaga kelganida ilk bor “Almeriya” klubida o‘ynagan va shu jamoadan “Benfika”, Portugaliyadan esa, “Liverpul”ga o‘tgandi.

“Barselona” prezidenti Joan Laporta Darvin Nunes agentlaridan taklifni oldi. Lekin bu masalada ko‘p narsa bosh murabbiy Xans-Diter Flikning qaroriga bog‘liq bo‘ladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!