
"Liverpul" "Chelsi" futbolchisini kuzatmoqda
"Chelsi" himoyachisi Levi Kolvill boshqa ingliz klubiga o‘tishi mumkin.
Rousingthekop nashrining ma’lumotiga ko‘ra, 22 yoshli futbolchini "Liverpul" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Manbalarga ko‘ra, mersisaydliklar uzoq vaqtdan beri Kolvillni kuzatib kelmoqda va yozda "Chelsi"ga transfer bo‘yicha taklif yubormoqchi.
Joriy mavsumda Levi "Chelsi" safida 25 o‘yinda maydonga tushdi, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Himoyachining London klubi bilan shartnomasi 2029 yilning o‘rtalarigacha amalda bo‘lib, uning transfer qiymati 55 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar