“Liverpul” afsonasi: Jamoani boshqarishga tayyorman!

  • 14 dekabr, 09:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul”ning sobiq yarim himoyachisi va sardori Stiven Jerrard mersisaydliklar safiga qaytishni juda istayapti va Arne Slot iste’foga chiqarilgan taqdirda jamoani vaqtincha bo‘lsa ham boshqarishga tayyor.

Tecno

Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, “Liverpul” klubi direktorlar kengashi avvalroq Jerrardni vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlash ehtimoli haqida ichki muhokama o‘tkazgan.

Biroq “Liverpul” bu mutaxassisni taklif qilsa, Jerrard Saudiya Arabistonining “Al-Ittifoq” jamoasida ishlagan davrda olgan maoshining katta qismidan voz kechishiga to‘g‘ri keladi.

Bu birinchi navbatda soliq tizimi siyosatiga bog‘liq masala hisoblanadi. Ta’kidlanishicha, bu holat kamida aprel oyigacha, ya’ni joriy soliq yili yakunlanguniga qadar davom etadi.

Stiven Jerrard Angliyada ham murabbiylik tajribasiga ega ekanini aytish joiz. U 2021–2022 yillar davomida “Aston Villa” jamoasini boshqargan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!