"Lion" murabbiyi: "PSJ maydonda 16 kishi bo‘lib o‘ynadi"

  • 10 noyabr, 19:43
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lion" bosh murabbiyi yordamchisi Jorje Masiel Frantsiya chempionatining 12-turida shogirdlari PSJga mag‘lub bo‘lgach (2:3), bosh hakam Benua Bastenni tanqid qildi. Jamoalar Lion shahridagi "Grupama" stadionida o‘ynashdi.

Tecno

"Stadionda 59 ming kishi bor va ulardan faqat to‘rttasi hamma ko‘rgan qoidabuzarlikni ko‘rmagan. Ikkinchi gol - bu falokat. Talyafikoga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun penalti belgilash va qizil kartochka ko‘rsatish kerak edi. PSJ - Evropaning eng yaxshi jamoasi. Payshanba kuni o‘ynagan jamoaga qarshi maydonga tushish uchun 16 kishilik tarkibda, jumladan, VARda o‘ynash shart emas, deb o‘ylayman.

Agar qoidalar barcha uchun bir xil bo‘lsa, Talyafiko chetlatilmasligi kerak edi. Zabarniy nima uchun kartochka olmaganini tushunmayapman. Ular kartochka olmasdan qancha qo‘polliklar qilishdi. Bularning barchasi shunchalik takabburki, bizda hamma narsani muhokama qilish imkoniyati ham yo‘q. Muhimi, bizda haqiqiy munozara bo‘lishi kerak, chunki biz har hafta o‘ynaymiz va qoidalar doimiy ravishda o‘zgarib turadi", - deya Masieylning so‘zlarini keltiradi Le Parisien.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!