
Lingard yozda arablar qo‘liga o‘tgan klub safiga o‘tishi mumkin
Angliyaning "Manchester Yunayted" jamoasi yarim himoyachisi - Jessi Lingard yozda faoliyatini boshqa bir ingliz klubida o‘tkazishi mumkin.
"Daily Mail" nashri bergan xabarga suyanadigan bo‘lsak, futbolchining xizmatlariga PSJ va "Nyukasl" jamoalari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Lingardning o‘zi ham o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotganidan norozi ekanligini yashirib o‘tirmayapti.
Lingardning "qizil iblislar" bilan tuzgan shartnomasi 2021/22-yilgi mavsum oxirida yakuniga etadi. Qahramonimiz yangi bitimga imzo chekmasa, yozda erkin agent maqomida istalgan jamoasiga o‘tishi mumkin.
Fikrlar