
Liga 1. PSJ so‘nggi soniyalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi
Frantsiya chempionati 20-turida PSJ hamda "Reyms" jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Mazkur bellashuvda 1:1 hisobi qayd etildi.
Dastlab, Neymar 51-daqiqada hisobni ochdi. Uchrashuv tugashi arafasida, aniqrog‘i, 90+6-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Balogan gol urib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Qayd etish lozim, parijliklar yarim soatdan qo‘proq vaqt davomida 1 kishi kam bo‘lib harakat qildi. Veratti 59-daqiqada qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.
PSJ 50 ochko bilan hamon Frantsiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. 26 ochkoga ega "Reyms" 11-o‘rinni band etgan.
Fikrlar