
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Frantsiya chempionatining 31-turida PSJ chempionlikni "Gavr"ga qarshi o‘yinda hal qilishi mumkin edi, lekin parijliklar mazkur bahsda g‘alaba qozona olmadi va bu amalga oshmadi. Ammo Enrike shogirdlariga "Lion" yordamga keldi, ya’ni "Monako"ni mag‘lub qilib, 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Shu bilan birga, ikkinchi o‘rinda borayotgan monakoliklarni ham PSJga etib olish imkoniyatni yoqqa chiqardi. Bu esa Parij jamoasini muddatidan oldin kubokni qo‘lga kiritganini anglatadi.
PSJ o‘z tarixida o‘n ikkinchi marta Liga 1 chempioni bo‘ldi. Ushbu sovringa klub so‘nggi o‘n yil ichida sakkizinchi marta erishmoqda. Mbappe va uning do‘stlari Frantsiya kubogi va Chempionlar ligasida ham o‘z yurishini davom ettirishmoqda. Jamoa 26 may kuni "Lion"ga qarshi finalda to‘qnash kelsa, EChL yarim finalida "Borussiya" bilan o‘ynaydi.
Kilian so‘nggi mavsumida frantsiyaliklarni chiroyli tarzda tark etishni istaydi. Al-Helayfi uchun trebldan yaxshiroq sovg‘a bo‘lmasa ham kerak.
Fikrlar