Levandovskining qadami qutlug‘ keldi. Yoxud "Barsa" endi "nochor" jamoa emas!

  • 20 iyul, 2022, 12:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqin vaqt ichida "Barselona"ning bank hisob raqamiga katta miqdorda pul o‘tkaziladi. Jurnalist Viktor Navarroning ijtimoiy tarmoqlari orqali xabar berishicha, gap taxminan 300 million evro haqida ketmoqda.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, ushbu mablag‘ning 200 millioni joriy yozgi transferlar uchun yo‘naltiriladi.

Ushbu yangilik polshalik hujumchi Robert Levandovskining "Barselona"ga o‘tishi arafasida ma’lum bo‘ldi. Avvalroq "ko‘k-anorranglilar" braziliyalik yarim himoyachi Rafinyaning transferini e’lon qilgan edi.

Hozirda Kataloniya klubining transferlar ro‘yxatida Markos Alonso, Sezar Aspilikueta, Bernardu Silva va Jyul Kunde kabi futbolchilar bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!