Levandovski to‘xtamayapti. "Bavariya" gollarga boy o‘tgan "klassiko"da g‘alaba qozondi
Germaniyada 14-turning markaziy o‘yini hisoblanmish, "Borussiya Dortmund" - "Bavariya" uchrashuvi yakuniga etdi. Ushbu bahsda mehmonlar 3:2 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dastlab, Brandt 5-daqiqada hisobni ochdi. Biroz o‘tib Levandovski muvozanatni tikladi. Bo‘lim yakuniga yaqin Koman myunxenliklarni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi taym avvalida Xoland hisobni tenglashtirdi, 77-daqiqada esa Levandovski g‘alaba goliga mualliflik qildi.



Fikrlar