
Levandovski tarixiy rekordni yangilashi mumkin, agar...
"Bavariya"ning polshalik hujumchisi Robert Levandovski Myunxen klubining sobiq hujumchisi Gerd Myuller tomonidan 1972 yil Germaniya chempionatida o‘rnatilgan rekordni takrorladi.
Myuller o‘shanda Bundesligada bir kalendar yilida 42 ta gol urgan. Levandovski ham ayni damda xuddi shunday statistikaga ega, ammo polshalik futbolchida ushbu rekordni yangilash imkoniyati mavjud. Chunki "Bavariya" yil oxirigacha "Volfsburg"ga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
33 yoshli Levandovski joriy mavsum “Bavariya” safida jami 24 ta o‘yin o‘tkazib, 29 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi
Fikrlar