Levandovski superklubga rad javobini berdi

  • 29 noyabr, 17:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona”ning  polshalik hujumchisi Robert Levandovskining klubdagi kelajagi mavhum bo‘lgani bois, qator klublar u bilan hamkorlik o‘rnatishga harakat qilmoqda.

Tecno

Ana shunday jamoalardan biri –  Turkiyaning grand klubi “Fenerbahche” 37 yoshli to‘purarga yo‘llagan chorloviga rad javobini oldi.  Bu haqda taniqli jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Avvalroq, “Fenerbahche” tajribali hujumchini transfer qilish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani haqida ma’lumot paydo bo‘lgan edi.

 Manbaga ko‘ra, Levandovski yanvar oyida Turkiya klubiga o‘tishdan bosh tortgan. U joriy mavsum oxirigacha  “Barselona”da qolishni istayotgani ta’kidlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!