Levandovski Neymarga etib oldi

  • 26 sentabr, 19:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatining oltinchi turida “Barselona” futbolchilari safar uchrashuvida “Ovedo” klubi ustidan 3:1 hisobida zafar quchib, navbatdagi uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

Tecno

Kataloniyaliklar to‘purari Robert Levandovski o‘z hisobiga navbatdagi golini yozdirib qo‘ydi. Bu 37 yoshli forvard uchun “Barselona” safidagi 105-gol sifatida qayd etildi.

Statistika ekspertlarining ta’kidlashicha, polshalik o‘yinchi “Barsa” safida urgan gollari soni bo‘yicha braziliyalik yulduz Neymarga etib oldi.

Levandovski “Barselona”ga 2022 yili “Bavariya”dan transfer qilingan. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida tugaydi. Tomonlar o‘zaro kelishgan holda hamkorlikni yana bir mavsumga uzaytirishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!