
Levandovski jarohat oldi
Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski Italiyaga qarshi bellashuvning 83-daqiqasida oyog‘idan jarohat olib, maydonni tark etdi. O‘yinning qolgan qismini futbolchi oyog‘ida muz to‘ldirilgan bog‘lam bilan kuzatib bordi.
Uning jarohati qanchalik jiddiy ekani tibbiy tekshiruvlardan so‘ng ma’lum qilinadi.
Levandovski Polsha safidagi rasmiy o‘yinlarda 5 yil deganda ilk bor zaxiraga olindi. So‘nggi bor u "EVRO-2016" saralashi doirasida Gibraltarga qarshi bellashuvda almashtirilgan.
Fikrlar