Levandovski Benzemani “sindirmoqchi”!

  • 27 iyun, 2022, 19:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovskining sobiq agenti Tsezari Kuxarski futbolchining nega Myunxendan ketib, “Barselona”ga o‘tmoqchi ekaniga izoh berdi.

Tecno

- “Barselona” va Levandovski bu transfer uchun oxirigacha kurashadi va oqibatda Robert “Kamp Nou”ga ko‘chib o‘tadi. Buning imkoni bor.

Polshalik hujumchi “Bavariya”ni o‘zini qo‘yib yuborishga majbur qilmoqchi. Klub rahbarlari futbolchi anchadan beri Ispaniyaga ketmoqchi bo‘lib yurganidan xabardor. Levandovki Germaniyadan keyin Ispaniya va undan so‘ng AQShda to‘p tepishni rejalashtirgan.

Levandovskining “Barselona”ga o‘tishga intilayotganining yana bir muhim sababi shundan iboratki, u hammaga “Real” to‘purari Karim Benzemadan zo‘rligini ko‘rsatib qo‘ymoqchi. Shuning uchun ham u aynan “barselona”ga ko‘chib o‘tishga harakat qilmoqda, - dedi Tsezari Kuxarski.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!