Levandovski "Barsa" ustidan 8:2 hisobida qozonilgan g‘alabani yodga oldi
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski Chempionlar Ligasi o‘tgan mavsumi chorak finalida "Barselona" ustidan qozonilgan g‘alaba haqida gapirdi:
-So‘nggi Chempionlar Ligasi mavsumida «Barselona» ustidan qozonilgan 8:2 hisobidagi g‘alaba sizning futbolchilik faoliyatingizdagi eng ajoyib natijami?
"O‘yindan oldin biz o‘z kuchimizni anglab, o‘zimizga bo‘lgan katta ishonchni his qildik. O‘ylaymanki, bu g‘alaba qozonishimizning asosiy sababi bo‘lgan edi. Biz nafaqat "Barselona"ni mag‘lub etishga, balki buni bir nechta to‘p farqi bilan bajarishga tayyor ekanligimizni his qildik.
O‘sha kuni ajoyib o‘yin ko‘rsatgandik. Menimcha, butun Chempionlar Ligasida eng samarali va yorqin futbol namoyish etdik. Bizga qarshi yaxshi futbolchilardan iborat jamoa o‘ynagan bo‘lsa ham, ulardan yaxshiroq o‘ynadik".



Fikrlar