
"Lester"ga argentinalik hujumchi keladi
Angliyaning “Lester” klubi rahbariyati qishki transfer oynasida “Fiorentina”ning argentinalik hujumchisi Nikolas Gonsalesni tarkibga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
Nufuzli insayder Nikolo Skiraning so‘zlariga ko‘ra, ingliz jamoasi vakillari binafsharanglilar bilan 24 yoshli argentinalik futbolchining ehtimoliy transferini muhokama qila boshlashgan. Gonsalesning transfer narxi 23 million evroga baholanmoqda. "Tulkilar" yarim himoyachiga yiliga taxminan 4 million evro maosh to‘lashga tayyor.
Nikolas Gonsales joriy mavsum “Fiorentina” safida A Seriyada 7 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi.
Fikrlar