
"Lester" o‘z safini "Chelsi"ning sobiq futbolchisi bilan kuchaytirmoqchi
"Chelsi" va "Sautgempton" klublaridagi faoliyati bilan tanilgan qanot himoyachisi Rayan Bertrand faoliyatini "Lester"da davom ettirishi mumkin. Bu jurnalist-insayder Fabritsio Romano o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.
Yuqoridagi manbaning ta’kidlashicha, tomonlar allaqachon muzokaralar olib borishgan va mehnat shartnomasi tafsilotlari bo‘yicha kelishib olishgan. Kelishuv rasman yaqin kunlarda e’lon qilinadi.
Bertrand “tulkilar” bilan 2023 yilning yoziga qadar shartnoma imzolaydi. Kelishuvda ushbu shartnomani yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkinligi to‘g‘risidagi band mavjud.
31 yoshli Bertrand o‘tgan mavsum "Sautgempton" safida Angliya chempionatida 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar