“Lester” Olimpiada sovrindori uchun katta xarajat qiladigan bo‘ldi

  • 29 avgust, 2024, 12:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasiga qaytgan “Lester” jamoasi tarkibini yuqori divizionga moslab olishga harakat qilmoqda.

Tecno

Bosh murabbiy Stiven Kuper tarkib hamon kuchaytirilishi kerak, degan fikrni bildiroqda. Bu mutaxassis Parij mezbonlik qilgan Olimpiya o‘yinlarida porlagan futbolchi – Marokash terma jamoasi a’zosi Bilol Al-Xannusni nishonga oldi.

Bilol hozircha Belgiyaning “Genk” klubi vakili hisoblanadi. Jurnalist Bob Fesenning yozishicha, “tulkilar” bu o‘yinchi uchun belgiyaliklarga 20,5 million evro to‘laydi. Shuningdek, yana 4,5 million evro turli bonuslar ko‘rinishida bo‘ladi.

Bundan tashqari, “Genk” Bilol Al-Xannusning keyingi transferidan 15 foiz miqdorida ulush oladigan bo‘lyapti.

Marokashlik futbolchi “Genk” safida jami 94 ta uchrashuvda qatnashib, to‘rtta gol va 14 ta golli pas muallifi bo‘ldi. Shuningdek, iqtidorli o‘yinchi Marokash terma jamoasining Olimpiadada uchinchi o‘rinni egallashiga yordam berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!