“Lester” katta transferga qo‘l urmoqchi

  • 13 sentabr, 2021, 13:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Lester” rahbariyati jamoa hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida qishki transferlar vaqtida “Sassuolo”da o‘ynayotgan Italiya terma jamoasi hujumchisi Domeniko Berardini olib kelishga qaror qildi.

Tecno

Berardining o‘zi A Seriyaning o‘rtamiyona klubidan kuchliroq jamoaga o‘tishni istayapti. Shu bois, “tulkilar” 27 yoshli hujumchining shartnomasini to‘liq sotib olmoqchi.

Inglizlar italiyalik futbolchi uchun 30 million funt taklif qilishni rejalashtirmoqda. “Sassuolo” uchun bu katta mablag‘ hisoblanadi va ular ketish istagidagi o‘yinchisini qo‘yib yuborishga tayyor.

Berardiga “Milan” va “Fiorentina” kabi klublar ham xaridor. Biroq, ular xarajat bobida Angliya klublari bilan raqobatlasha olmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!