
Leroy Sane qaror qabul qildi. U ketmoqchi
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Leroy Sane faoliyatini "Bavariya"da davom ettirmoqchi.
23 yoshli futbolchi myunxenliklar safiga qishdayoq o‘tishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Ammo "Man Siti" futbolchining transfer narxini o‘zgartirishi mumkin yoki mumkinmasligi hozirda noma’lum.
Sanening ingliz klubi bilan 2021 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan bitimi bor. "Bavariya" nemis futbolchini yozda sotib olmoqchi bo‘lgandi, ammo u jarohati tufayli uzoq muddat maydonga tusha olmaydigan bo‘lib qolgandi.
Fikrlar