
Lempard yangi futbolchi oladigan bo‘ldi
“Chelsi” bosh murabbiyi Frenk Lempard himoya markazini mustahkamlashga harakat qilmoqda. U yozgi transferlar mavsumida “Malme” himoyachisi Anel Axmadxojichni taklif qilishni mo‘ljallayapti.
21 yoshli baland bo‘yli himoyachi yosh bo‘lishiga qaramay, Bosniya va Gertsegovina terma jamoasining asosiy o‘yinchilaridan biriga aylanmoqda. Shuningdek, Shvetsiya chempionatida 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z vazifalarini mukammal uddalashdan tashqari, ikkita gol urishga ham erishdi.
Anelni olish “Chelsi”ga oson bo‘lmaydi. Chunki iste’dodli futbolchi qit’aning katta klublari nishonida turibdi.
Fikrlar