Lempard "Chelsi"ga 35 yoshli Tyago Silvani olib kelmoqchi

  • 20 avgust, 2020, 00:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Shu yoz PSJ bilan shartnomasi yakunlanadigan himoyachi Tyago Silva faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

The Telegraph nashrining yozishicha, 35 yoshli braziliyalik futbolchi uchun “Chelsi” kurashga qo‘shilgan. Uni shaxsan jamoa bosh murabbiyi Frenk Lempard tarkibda ko‘rishni xohlamoqda. Uning fikricha, aynan Silva kabi futbolchilar yosh “aristokratlar”ga katta yordam berishi mumkin.

Tyago Silva PSJ safida 2012 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Uning jamoasi bu mavsum EChL finalida o‘ynaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!