
Lempard Abramovichdan yurish kutmoqda
"Chelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard londonliklar boshqaruvida uzoq vaqt qolishni rejalashtirmoqda.
Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi murabbiylik faoliyatini 2018 yil may oyida "Derbi Kaunti"da boshlaganidan so‘ng, 2019 yil iyul oyida "ko‘klar" bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Lempardning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 18 oydan so‘ng yakuniga etadi, biroq mutaxassis "Chelsi"da uzoq vaqt qolmoqchi.
O‘tgan yozgi transfer oynasi vaqtida 275 million evroli xaridlarni amalga oshirgan "Chelsi" 10 turdan so‘ng, turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar