“Legiya” muxlislariga MDHdan kelgan legionerlar yoqmayapti, Yaxshiboev esa...

  • 24 fevral, 2021, 20:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Polshaning eng yuqori ligasi – Ekstraklasada etakchilik qilayotgan Varshavaning “Legiya” klubi joriy mavsumda chempionlik uchun kurashmoqda.

Tecno

Hozircha, varshavaliklar musobaqa jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Ularni ta’qib qilayotgan “Pogon” jamoasi ham bosh sovrin uchun kurashmoqda. Chempionlik uchun kurash asosan shu ikki jamoa o‘rtasida bo‘ladi. Ayni paytda kuchli uchlikni yakunlab turgan “Rakuv” futbolchilari ham oldindagi imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalansa, chempionlik poygasiga qo‘shilishi mumkin. Qolgan 13 ta jamoa oltin medalga da’vogarlik qila olmaydi.

“Legiya” klubi qishki transferlar vaqtida tarkibini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Jamoaga turli mamlakatlardan yangi futbolchilar kelmoqda. Qishda klub tarkibiga qo‘shilganlar orasida uch nafar MDH davlatlari vakillari bor. Jasur Yaxshiboev “Paxtakor”dan taklif etilgan bo‘lsa, markaziy himoyachi Artyom Shabanov va markaziy hujumchi Nazariy Rusin  “Dinamo Kiev”dan  olindi.

EuWB7yCXIAUPwCD

Sportanalytic.com sayti “Legiya” muxlislarining yangi futbolchilar haqidagi fikr-mulohazalarini e’lon qildi.

- Menda qishki transferlar vaqtida olingan yangi futbolchilarimizning hammasi ham foyda keltirishiga katta shubha bor. Ayniqsa, Nazariy Rusinga ishonch bildirmagan bo‘lardim. Jasur Yaxshiboev yaxshi saviyadagi ijodkor o‘yinchi. U buni isbotlagan. Artyom Shabanovning himoyachi sifatida harakatlarini ko‘rdik. Lekin Rusinni  ularga solishtirganda jamoa hujum chizig‘ini kuchaytira olmasligi ma’lum bo‘ladi. Unda jamoadagi hujumchilardan zo‘r bo‘lgan birorta jihat yo‘q. Fikrlarim xato bo‘lib, Rusin yaxshi o‘ynab ketishiga umid qilaman, - dedi Alaryk degan muxlis.

Uning gaplarini “Legiya”ning yana bir fanati Mak qo‘llab-quvvatlab, klub rahbariyati ortiqcha o‘yinchi olganini, ayniqsa, Nazariy Rusinga jamoa tarkibida joy yo‘qligi haqida gapirdi.

Ko‘rinib turibdiki, muxlislarning salbiy fikrlari o‘zbekistonlik legionerga qaratilmagan. Jasur Yaxshiboevdan varshavalik futbol ishqibozlarining umidi katta. Qolaversa, “Legiya” bosh murabbiyi Cheslav Mixnevich yangi futbolchilar haqida gapirar ekan, Jasurning imkoniyatlarini yuqori baholagan edi.

- Biz Jasurbekka juda katta umid bog‘laganmiz. Men uning o‘yinini amalda ko‘rmagan bo‘lsam-da, bu futbolchining qiymati yuqori ekanini yaxshi bilaman. Albatta, boshida undan mo‘’jiza kutmayman. Futbolchi yangi muhitga va begona joyga ko‘nikib olishi uchun muayyan vaqt kerak bo‘ladi. Barcha bilan do‘stlashib ketishi va bizga nimalarga qodir ekanini isbotlashi uchun unga etarlicha imkon beriladi. Men uning o‘yini muhrlangan videotasvirlarni tomosha qildim va ishtiyoqim oshdi.

Yaxshiboev bir necha pozitsiyada muvaffaqiyatli o‘ynay oladigan futbolchi. Jasur 4-3-3 sxemasida qanot futbolchisi vazifasini to‘la uddalay oladi. U hujumga aloqador har qanday pozitsiyada muvaffaqiyatli o‘ynaydi. Bu uning asosiy ustun jihatlari, - dedi bosh murabbiy Cheslav Mixnevich.

EuXMymtXIAM7qQY

Biz esa, o‘tgan mavsumda Belarus chempionligini qo‘lga kiritgan Jasur Yaxshiboevga Polshani ham zabt etishida muvaffaqiyat tilab qolamiz...

Yaxshiboev Polshada yulduzga aylana oladimi?

 “Legiya” bosh murabbiyi nega Yaxshiboevga juda qattiq ishonmoqda?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!