
Legionerlarimiz. "Shanxay SIPG" Lavessi va Maskerano to‘p tepadigan klubdan ustun keldi
Hamyurtimiz Odil Ahmedov faoliyat olib boradigan "Shanxay SIPG" klubi bu tur o‘z maydonida "Xebey Chayna Forchun" jamoasini qabul qildi. Mazkur bellashuvda shanxayliklar 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Ahmedov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 81-daqiqada zaxiraga olindi. Bugungi muvaffaqiyat natijasida "Shanxay SIPG" hisobidagi ochkolar soni 46 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 3-o‘rinni saqlab qoldi.
Fikrlar