Legionerimizning kutgani bo‘lmadi, afsus!

  • 31 oktabr, 2022, 23:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qozog‘iston premer-ligasining 25-turida “Ordabasi” chempionlik uchun kurashayotgan “Aktobe” bilan kuch sinashdi.

Tecno

Xabaringiz bor, “Ordabasi” safida ikki hamyurtimiz – himoyachi Odiljon Abdumajitov va hujumkor futbolchi Shahboz Umarov to‘p tepmoqda.

Mazkur uchrashuvda “Aktobe” futbolchilari birinchi bo‘limda ikkita to‘p kiritib, hisobda olinga o‘tib oldi. Mezbonlar bahsning ikkinchi yarmida vaziyatni tenglashtirishga ulgurdi. O‘yin 2:2 hisobida jangovar durang bilan yakunlandi.

14754d3c5ba2c7af20342723b9287ed2

Bellashuvda Odiljon Abdumajitov to‘liq o‘ynagan bo‘lsa, Shahboz Umarov 77-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shildi. Uchrashuvdan keyin Umarov klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida o‘yin natijasidan qoniqmaganini ma’lum qildi.

- Birinchidan, muxlislarimizga minnatdorlik bildirmoqchiman, ular bizni 90 daqiqa davomida munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab turdi. Biz bir bor to‘p o‘tkazdik, keyin ikkinchi gol ham urildi. Yigitlar xarakter ko‘rsatdi va o‘yinga tez qaytib olishdi.

Biz o‘yinda mag‘lubiyatdan qutilib, hisobni tenglashtirib oldik. Afsuski, g‘alaba qozonolmay qoldik. Maqsadimiz bitta va aniq edi – biz yutishimish shart edi. Buni bizni qo‘llab-quvvatlash uchun arenaga kelgan va bizdan muvaffaqiyat kutgan muxlislar uchun amalga oshirmoqchi edik.

Oldimizda chempionatning so‘nggi o‘yini bor. Biz bor e’tiborimizni shu bahsga puxta tayyorlanishga qaratamiz, - dedi Shahboz Umarov.

Ta’kidlash joizki, 23 yoshli futbolchimiz Shimkent jamoasida ijara asosida to‘p tepmoqda. Umarov asli Belarusning BATE jamoasiga tegishli. Joriy yilning boshida bosh murabbiy bilan chiqisha olmagani uchun o‘yin amaliyotisiz qolib ketgan Shahboz UEFA vakili – Qozog‘iston premer-ligasiga ko‘chib o‘tishga qaror qildi.

Umarov premer-liga va mamlakat kubogi doirasida 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, jamoadoshlariga to‘rtta golli pas uzatdi. Qozog‘iston chempionati tugashi bilan hambrtimiz BATE ixtiyoriga etib boradi.

Uning Borisov klubi bilan shartnomasi 2023 yilning 31 dekabriga qadar tuzilgan. Hozir BATE jamoasida bosh murabbiy va murabbiylar shtabi almashgan. Futbolchimizning o‘zi kelajagi borasida Belarusga qaytganidan keyin bir qarorga kelishini aytgan.

Shahboz Umarov  “Paxtakor” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Sherlar” safidan ketganidan keyin yurtimizda AGMK sharafini himoya qildi va 2020 yilning boshida Belarusga yo‘l olib, “Energetik-BGU” jamoasiga qo‘shildi.

Keyinchalik BATEga ko‘chib o‘tgan legionerimiz Belarus oliy ligasining eng zo‘r futbolchilaridan biri hisoblanadi. Biroq, yuqorida aytilganidek, borisovliklarga ustozlik qilgan Aleksandr Mixaylov bilan ziddiyati uning faoliyatiga salbiy ta’sir qildi.

Shahboz Umarov klublar miqyosida jami 99 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘nta gol va 17 ta assist qayd etgan.

179956_680

2021 yilning oktyabridan beri O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod. Hozircha, mamlakatimiz bosh jamoasida to‘rt marotaba maydonga tushgan.

Mourino Shomurodovga ishonganida bu transfer bo‘lmasmidi?..

Ularga e’tibor qarating! O‘zbek futbolchilari Rossiya klublariga tavsiya qilindi...

Italiyalik mutaxassis O‘runovga e’tibor qaratdi

O‘runov borishi mumkin bo‘lgan yagona klub bor!

Ana xolos. O‘runovning “Ural”dan ketishiga janjal sabab bo‘lgan!

Shomurodov o‘rniga Ronaldu!

“Roma” yutqazdi, Shomurodov “sehrli tayoqcha” bo‘lolmadi, g‘azablangan Mourino nimalar dedi?

Italiyalik muxlislar Shomurodov transferiga qanday munosabatda?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!