
Legionerimiz uzoqdan gol urib, jamoasini birinchi o‘ringa ko‘tardi, o‘zi esa...
Qozog‘iston Premer-ligasining 10-turida amaldagi chempion “Ordabasi” o‘z maydonida “Jetisu” futbolchilarini qabul qildi. Xabaringiz bor, "Ordabasi" safida bu yil o‘zbekistonlik ikki futbolchi Jasurbek Yaxshiboev va Shahboz Umarov ishtirok etmoqda.
Chimkentliklar o‘yin boshidan ustunlikni o‘z tomoniga og‘dirib oldi. Bu tez orada samara berdi. 21-daqiqada ukrainalik legioner Artyom Besedin hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.
“Jetisu” tezda javob qaytardi. Goldan besh daqiqa o‘tib, raqib futbolchisi Doniyor Usenov mezbonlar darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni tenglashtirdi.
O‘z maydonida g‘alabani qo‘ldan chiqarishni istamagan chimkentliklar hujumga zo‘r berib, tanaffusgacha yana ikki bor to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Dastlab, yana bir ukrainalik legioner Evgeniy Makarenko aniq zarba bilan “Ordabasi”ni hisobda oldinga olib chiqdi.
O‘yinning 35-daqiqadasi Jasurbek Yaxshiboev jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba yo‘llab, “Jetisu” darvozasini aniq nishonga oldi va uchrashuvda yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Boshlang‘ich tarkibda o‘ynagan Yaxshiboev 65-daqiqada zaxiraga olindi. Jamoadagi ikkinchi legionerimiz Shahboz Umarov esa, aynan shu daqiqadan o‘yinga qo‘shildi.
Chempionlik unvonini himoya qilayotgan “Ordabasi” to‘qqizinchi uchrashuvdan keyin ochkolari sonini 16 taga etkazib, vaqtinchalik bo‘lsa-da, birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Jamoa o‘yinchilari orasida eng ko‘p to‘p kiritgan Jasurbek Yaxshiboev gollari sonini to‘rtta etkazib, to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilayotgan guruhga qo‘shildi.
Mohir hujumchimiz Qozog‘iston Premer-ligasida jami sakkizta bellashuvda ishtirok etib, “Shaxtyor”, “Qayrat”, “Turon” va “Jetisu” jamoalari darvozabonlarini ojiz qoldirgan.
Yaxshiboev gol urgan uchrashuvlarda chimkentliklar to‘qqiz ochkoni qo‘lga kiritgan.
Shahboz Umarov esa, joriy mavsumda etti marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.
“Shomurodov bizning futbolchilardan aqlli, deganimda, hamma menga tashlangandi!? ”...
Fayzullaev kamtarlik qildi, lekin...
Husanovning eng katta kamchiligi va asosiy yutug‘i aytildi
10 million evro Fayzullaev uchun kam! Yaxshigina xarajat qilishsin!
9 ta jamoa bosh murabbiylari Fayzullaevni tanladi!
Fayzullaev nufuzli jamoadan joy oldi!
Shomurodov va Husanovda nima gap?
Fikrlar