
Legionerimiz Belarusga qarshi o‘ynadi!
Shahboz Umarov jamoasi – BATE milliy chempionatdagi tanaffusdan foydalanib tashkil etilgan o‘rtoqlik uchrashuvida 21 yoshgacha futbolchilardan iborat Belarus yoshlar terma jamoasi bilan kuch sinashdi.
BATE ushbu uchrashuvda eksperimental tarkibdan foydalandi. Legionerimiz birinchi bo‘limda maydonga tushdi. Shahboz terma jamoa darvozasiga bir necha marta turli masofalardan zarba berdi. Shuningdek, jamoadoshlariga aniq to‘p uzatib, ularniq ulay pozitsiyaga chiqardi. Shunga qaramay, birinchi bo‘limda hisob ochilmadi.
Hamyurtimiz ikkinchi bo‘limda zaxiraga olindi. Maydonga asosan yosh futbolchilar tushirildi. O‘rtoqlik uchrashuvi 3:1 hisobida Belarus yoshlar terma jamoasi foydasiga hal bo‘ldi.
BATE milliy chempionatda 11 ta uchrashuvda sakkizta g‘alaba, ikkita durang va bir mag‘lubiyat bilan 26 ochko to‘plagan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda. Shahboz Umarov esa barcha uchrashuvlarda ishtirok etib, raqiblar darvozasini besh marotaba ishg‘ol qildi va uchta golli pas oshirdi.
BATE milliy chempionatdagi navbatdagi bellashuvni 12 iyun kuni “Nyoman” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar