
Legioner mana shunday bo‘ladi: Zo‘rligini isbotlash uchun Fayzullaevga 45 daqiqa kifoya qildi!
Rossiya Premer-ligasining sakkizinchi turida TsSKA jamoasi o‘z maydonida “Krilya Sovetov” futbolchilarini qabul qildi.
Bu bahs keskin va murosasiz kurashlar ostida o‘tdi. O‘yinda bir necha futbolchi sariq kartochka olgani va ikkitasi maydondan haydalgani shundan dalolat bermoqda.
Moskva “armiyachilari” 22 daqiqa ichida o‘z darvozasidan bir juft gol o‘tkazib yubordi. Birinchi bo‘limda mezbonlar penaltidan hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.
TsSKAdagi hamyurtimiz Abbosbek Fayzullaev ikkinchi bo‘lim boshida maydonga tushirildi. Aynan o‘zbek legioneri moskvaliklarni uy uchrashuvidagi alamli mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Fayzullaev o‘yinga qo‘shilishi bilan tashabbusni o‘z qo‘liga oldi. U bir necha marotaba jamoadoshlarini aniq pas bilan qulay pozitsiyaga chiqardi. Hujum tashkil qilishda ham alohida faollik ko‘rsatdi.
TsSKA Villian Rosha maydondan chetlatilgani uchun ikkinchi bo‘limning katta qismini bir futbolchi kam bo‘lib o‘tkazgan bo‘lsa-da, aynan Abbosbek Fayzullaevning harakatlari evaziga ustunlikni o‘zida ushlab turdi.
Abbosbekning hujum vaqtida raqib darvozaboni ustidan oshirib tashlagan to‘pi darvoza to‘siniga tegib qaytdi va hamyurtimiz debyut golini nishonlay olmadi. Biroq, shu kuni Fayzullaev Rossiya Premer-ligasidagi samarali harakatlari hisobini ochdi.
TsSKAning eng zo‘r hujumchisi Fyodor Chalov o‘zbek futbolchisining aniq va qulay to‘p uzatishidan foydalanib, 75-daqiqada hisobni tenglashtirdi.
Uchrashuv oxirigacha faollikni pasaytirmagan hamyurtimiz so‘nggi daqiqada jamoadoshi Anton Zabolotniyni aniq pas bilan hujumga tashladi. Raqib himoyachisi Aleksandr Soldatenkov esa, darvozabon bilan birga bir chiqib ketayotgan hujumchini qo‘pollik bilan yiqitdi va to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka oldi.
Abbosbek o‘yin davomida standart vaziyatlarda zarbani amalga oshirganini e’tiborga olish zarur. Uning nuqtadan paslari va zarbalarining barchasi raqibga xavf tug‘dirdi.
Fayzullaev bir bo‘lim o‘ynaganiga qaramay, uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi. Bu legionerimizning Rossiyadagi birinchi individual yutug‘i.
Eslatib o‘tamiz, TsSKA klubi “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi Abbosbek Fayzullaevni avgust oyining boshida transfer qilgan edi.
Fayzullaev ayni paytda Moskva klubining asosiy tarkibidan muqim joy olish uchun kurashmoqda. Hozircha, hujumkor futbolchimiz Premer-ligada “Dinamo” hamda “Orenburg” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan bahslarda so‘nggi daqiqalarda maydonga tushgan edi.
Bosh murabbiy Vladimir Fedotov nihoyat Abbosbekni bir bo‘lim o‘ynatdi.
Endi moskvalik “armiyachilar” chempionatdagi navdagi uchrashuvini 24 sentyabr kuni safarda “Rostov” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Tezkor: Bugun “Lans” Husanovni o‘ynatishga majbur. Sababi...
Mbappeni olishni hech kim taklif qilmagani uchun Shomurodov olindi!
O‘zbekiston va Rossiya to‘qnashuvida oltita gol bo‘ldi
Shomurodovni uyg‘otib qo‘yinglar...
Italiyalik muxlislar Shomurodovni muhokama qilmoqda: yaxshi gap ham, tanqid ham etarli!
Fanatlar Shomurodovdan nimani talab qilyapti?
Fikrlar