Lautaroga "Chelsi" va "Manchester Yunayted" variantlari qiziq emas!

  • 30 noyabr, 2023, 23:08
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" futbolchisi Lautaro Martinesga Angliyaning bir qator top klublari qiziqish bildirmoqda. Jumladan, "Chelsi" va "Manchester Yunayted" klublari argentinalik hujumchini o‘z safiga qo‘shib olish variantlarini ko‘rib chiqyapti. 

Tecno

Biroq Martinesning o‘zi "Inter"dan ketmoqchi emas. U tez orada jamoa bilan yangi shartnomaga imzo chekishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "90min.com" nashri ma’lumot berdi. 

Eslatib o‘tamiz, Lautaro joriy mavsum A Seriyaning 13 bahsida 13 gol va 2 assist qayd etishga erishdi. Uning "neradzurrilar" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026 yil iyun oyiga qadar amal qiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!