"Latsio" murabbiysiz qolishi mumkin. Sababi...

  • 2 fevral, 2022, 20:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Il Messaggero nashri xabariga ko‘ra, "Latsio" bosh murabbiyi Mauritsio Sarri klubning qishki transfer bozoridagi ishlari tufayli jamoadan ketishi mumkin.

Tecno

Manbaga ko‘ra, italiyalik mutaxassis uni ogohlantirmasdan Jovane Kabral bilan shartnoma imzolanganidan hayratda qolgan va shuning uchun klub prezidenti Klaudio Latitoga ultimatum qo‘ygan. Unga ko‘ra, bundan buyon Sarri klubda qaror qabul qilishda ko‘proq ta’sir kuchiga ega bo‘lishi kerak va klub sport direktori Igli Tare ishdan bo‘shatilishi kerak. Aks holda u o‘z lavozimidan ketadi.

Rai Sport nashrining ta’kidlashicha, Sarri Kabralning transferi haqida so‘nggi daqiqada xabar topgan va kelishuv imzolanganidan so‘ng ular yarim himoyachining o‘ynagan videolarini tomosha qilish uchun borishgan.

Sarri davralar oralig‘ida "Latsio"ga yangi hujumchi, shuningdek, markaziy va qanot himoyachisi olib kelinishini kutgandi.

Rim klubi 23 turdan so‘ng A Seriya musobaqa jadvalida 36 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!