
Latofatli Dayana uchinchi davraga chiqdi
Ukrainalik tennischi Dayana Yastremskaya Xitoyning Uxan shahrida o‘tayotgan xalqaro turnirning uchinchi davrasida o‘ynash huquqini ko‘lga kiritdi.
Dayana musobaqaning ikkinchi davrasida amerikalik Kristina Makxeylga qarshi o‘yin o‘tkazib, yakunda 6:3, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa, "Wuhan Open"ning navbatdagi bosqichida Yastremskaya chexiyalik Karolina Plishkova bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.
Fikrlar