Laportadan nomardlarcha talab: Aytganim bo‘lmasa, o‘ynamaysan!

  • 11 oktabr, 2021, 15:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Todofichajes nashrining xabar berishicha, “Barselona” prezidenti Joan Laporta jamoa yulduzlaridan biri Usmon Dembelega og‘ir shart qo‘ydi.

Tecno

Manba tarqatgan ma’lumotlarga qaraganda, klub rahbari frantsiyalik hujumkor futbolchini agar yangi bitimga imzo chekmasa, joriy mavsumda maydonga tushirilmasligini uqtirgan.

O‘z vaqtida 135 million evroga xarid qilingan Usmon Dembelening klub bilan amaldagi bitimi mavsum oxirida yakunlanadi. Unga odatdagidek xaridor ko‘p. Ayniqsa, yozda frantsiyalik futbolchining erkin agentga aylanishi boshqa jamoalar e’tiborini ham tortmoqda.

Buni inobatga olgan Dembele anchadan beri yangi bitimdan bosh tortyapti. Hozirning o‘zida “Manchester Yunayted”, “Chelsi” va “Yuventus” kabi klublar Dembeleni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!