
Laporta Xaviga va’da berdi
"Barselona" klubi prezidenti Xaviga polshalik hujumchi Robert Levandovski transferini yaqin vaqtlar ichida hal qilishini aytgan. Bu haqda jurnalist Xavi Migel xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, "ko‘k-anorranglilar" prezidenti tez orada 45 million evro + bonuslar evaziga "Bavariya" mazkur transferga ko‘ndirishini aytgan.
Avvalroq, myunxenliklar o‘z hujumchisi uchun 50 million evrodan yuqori bo‘lgan takliflarni ko‘rib chiqishini ma’lum qilgandi.
33 yoshli goleador ayni vaqtda "Bavariya"ning mavsumoldi tayyorgarlik mashg‘ulotlariga kelib qo‘shilgan, ammo ketish istagi uni hamon tark etmagan.
Fikrlar