
Laporta "Barselona"ning navbatdagi prezidentlik saylovida ishtirok etadi
Kataloniyaning “Barselona” klubi rahbari Joan Laporta 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan "ko‘k-anorranglilar"ning navbatdagi prezidentlik saylovlarida ishtirok etish niyatida.
“Meni bunday qilishga haqqim bor. Yana o‘z nomzodimni qo‘ymoqchiman. Hozirgi direktorlar kengashi bilan klubda ishlashni davom ettirmoqchimiz. Biz hammamiz o‘z ishimizning fidoiylarimiz", - deya Laportaning so‘zlarini keltirdi "Mundo Deportivo" nashri.
Eslatib o‘tamiz, Laporta Kataloniya klubi prezidenti lavozimiga 2021 yilda qaytgan edi.
Fikrlar