Laporta “Barsa” uchun tezkor transferni amalga oshiradi

  • 1 aprel, 2021, 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning yangi prezidenti Joan Laporta klub anchadan beri hal qila olmayotgan transferni shu hafta oxirigacha yopishga qaror qildi.

Tecno

Ma’lumki, kataloniyaliklar o‘tgan yildan beri “Manchester Siti” himoyachisi Erik Garsiyani ortga qaytara olmayotgan edi. Yangi rahbariyat bu masalani tezkor ravishda yakunlamoqchi. Laporta topshirig‘iga ko‘ra, klubning yangi sport direktori Mateu Alemani ispaniyalik himoyachini tez kunlarda Kataloniyaga qaytishga ko‘ndirishi kerak.

Alemani ayni paytda futbolchining agenti Ivan de la Penya bilan muzokara o‘tkazmoqda va masalani hal etishga yaqin turibdi.

20 yoshli Erik Garsiya “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsumda Angliya premer-ligasida atigi to‘rtta uchrashuvda qatnashib, samarali harakatlarni amalga oshirgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!