
Lamin Yamal kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi
“Barselona”ning so‘nggi yillardagi eng iste’dodli tarbiyalanuvchilaridan Lamin Yamal yorqin o‘yinlari orqali Evropaning qator grandlari uchun nishonga aylangan.
17 yoshli futbolchining kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2026 yilning yozida yakunlanishi da’vogarlarni yozda bu yulduz uchun kurashishga majbur qilmoqda.
Sport.es saytining ma’lum qilishicha, Yamal kelajagi bo‘yicha bir qarorga kelib bo‘lgan. U har qanday holatda ham o‘zini tarbiyalagan “Barselona”ga sodiq va kelajagini jamoa bilan bog‘lashga tayyorligini bildirdi.
Lamin 2023 yili bosh jamoaga qabul qilingan edi. Ayni paytda uning transfer narxi 150 million evroga ko‘tarilgan. Kataloniyaliklar Yamal 18 yoshga bo‘lishi bilan unga uzoq muddatli yangi shartnoma taqdim qilmoqchi.
Fikrlar