Lamin Yamal "El-klasiko"dan keyin Vinisius Juniorni jangga chaqirdi
O‘tgan yakshanba kuni "Real Madrid" La Liganing 10-turidan o‘rin olgan uchrashuvda "Barselona"ni 2:1 hisobi bilan mag‘lub etdi.
Bellashuvning oxirgi daqiqalarida jamoa o‘yinchilari orasida tortishuv yuzaga keldi.
Shu vaqtda Lamin Yamal Vinisiusga qarab: "Jang qilmoqchimisiz?" — deb so‘radi.
Braziliyalik vinger esa unga javoban: "Unda boshlaymiz!” — dedi.
Bu lavha "Movistar+" telekanalidagi "El Dia Despues" dasturida namoyish etildi.



Fikrlar