La Liganing eng katta maosh oladigan futbolchisi aniqlandi. U Mbappe emas!
Sapology moliyaviy portali Ispaniya chempionatida eng katta maosh olayotgan futbolchilar ro‘yxatini tuzib chiqdi.
Ko‘pchilik bu nomga “Real”ning yangi o‘yinchisi Kilian Mbapppe sazovor bo‘lishini kutgan edi. Amalda esa, unday emas.
La Ligada eng katta maosh olayotgan futbolchi “Barselona” pleymeykeri Frenki de Yong hisoblanadi. Kataloniyaliklar niderlandiyalik o‘yinchiga har mavsum 37,5 million evro maosh o‘tkazadi. De Yong bu summasi ichida to‘lanadigan soliq ham bor.
Keyingi o‘rinda “Barselona”ning 35 yoshli hujumchisi Robert Levandovski qayd etilgan. Polshalik hujumchining bir yillik xizmat haqi 33,3 million evroni tashkil qilmoqda.
Nihoyat, “Real”da eng katta – 31,3 million evro maosh olishi belgilangan Kilian Mbappe umumiy ro‘yxatda uchinchi o‘rindan joy oldi.
“Top-10”ga kiritilgan qolgan o‘yinchilardan besh nafari “Real”da o‘ynaydi: David Alaba (4-o‘rin), Jud Bellingem (6-o‘rin), Vinisius Junior (7-o‘rin), Federiko Valverde (9-o‘rin) va Tibo Kurtua (10-o‘rin).
Orada beshinchi qatorga “Atletiko” darvozabni Yan Oblak va 8-pog‘onaga “Barselona” yulduo‘i Ilkay Gyundog‘an joylashgan.



Fikrlar