
La Ligada Vidalga teng keladigan foydali futbolchi topilmayapti
Ispaniya La Ligasida darvozaga yo‘llangan zarbalarni golga aylantirish bo‘yicha eng yaxshi natijaga ega futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi.
Bu borada “Barselona” xavbeki Arturo Vidal eng yaxshi ko‘rsatkichga ega. Chililik futbolchining darvoza tomon yo‘llagan 23 ta zarbasidan 8 tasi gol bilan yakunlangan. Unda samaradorlik 34,78 foizni tashkil qilmoqda.
Bu ko‘rsatkich borasida keyingi o‘rinlarda Dani Parexo ("Valensiya", 26,67%), Serxio Ramos ("Real", 26,32%), Maksi Gomes ("Valensiya", 25,64%), Luis Suares ("Barselona", 20,83%) va Ansu Fati ("Barselona", 20,69%) bormoqda.
Fikrlar