
La Ligada avgust oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
Xans-Diter Flik La Liganing avgust oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
"Barselona"ni boshqarayotgan germaniyalik mutaxassis chempionatdagi to‘rtta o‘yinda 13:3 hisobidagi to‘rtta g‘alabaga erishdi.
Kataloniyaliklar "Valensiya" (2:1), "Atletik" (2:1), "Rayo Valekano" (2:1) va "Valyadolid" (7:0) klublarini mag‘lub etishdi.
Nominatsiyada Marselino Garsiya Toral "Vilyarreal" va Luis Garsiya "Alaves" ham g‘oliblik uchun kurash olib borishdi.
Fikrlar