
La Liga. "Sevilya" yirik hisobda g‘alaba qozondi, "Atletiko" esa so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi
La Liga 18-turidan o‘rin olgan "Atletiko" - "Getafe" va "Granada" - "Sevilya" bahslari bo‘lib o‘tdi.
"Matraschilar" tarkibida Grizmann dubl qilgan bo‘lsa, Morata bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Mehmonlar safidan esa Mayoral va Rodrigeslar javob qaytardi va so‘nggi daqiqalarda Bayoral o‘yindagi 6-golni urdi.
Shu tariqa, "Atletiko" 1 ochkoni qo‘lga kiritib, turnir jadvalida 3-o‘ringa chiqib oldi.
"Sevilya" esa "Granada" mehmoni bo‘lib, yirik hisobda zafar quchdi.
Dastlab, Pedrosa hisobni ochgan bo‘lsa, Okampos oradagi farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. 49-daqiqada esa Ramos hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.
Mazkur bahsdan keyin "Sevilya" turnir jadvalida 13-o‘ringa joylashdi.
Fikrlar