
La Liga klubi "Barselona" futbolchisini qo‘lga kiritmoqchi
"Selta" "Barselona" yarim himoyachisi Rafinyani sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi, deya xabar bermoqda Moiceleste.
27 yoshli futbolchining "blaugranalar" bilan shartnomasida uni 16 million evroga qo‘yib yuborish bandi kiritilgan, biroq "Selta" ushbu raqamni 10 million evrogacha tushirishni xohlamoqda.
Oldinroq, futbolchining o‘zi APL yoki A Seriyaga o‘tish niyatidaligi xabar qilingan edi. Joriy mavsumda Rafinya barcha turnirlarda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 gol va 2 golli pas bergan.
Transfermarkt futbolchining transferini 9,5 million evroga baholamoqda. Uning "Barselona" bilan shartnomasi keyingi yil yozida yakuniga etadi.
Fikrlar