La Liga klub jahon chempionini Ispaniyaga qaytarmoqchi

  • 26 aprel, 2021, 21:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” va “Yuventus” klublari sobiq yarim himoyachisi Sami Xedira yana Ispaniya La Ligasiga qaytishi mumkin.

Tecno

TodoFichajes nashrining yozishicha, 34 yoshli germaniyalik futbolchining xizmatlariga “Betis”dan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. Tomonlar bu boradagi muzokaralarni allaqachon boshlab yuborgan. Futbolchi ispan klubiga o‘tishga rozilik ham bildirgan.

Xedira mavsumni “Gerta” klubida o‘tkazmoqda. U berlinliklar safiga joriy yilning fevralida ko‘chib o‘tgan edi.

Sami Xedira Germaniya terma jamoasi safida 2014 yil jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. U Bundestimda jami 77 ta o‘yinda maydonga tushgan va raqiblari darvozasiga 7 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!