
La Liga. "El-klasiko"ni boshqarib boradigan hakam ma’lum bo‘ldi
Ispaniya La Ligasi 35-turida Madridning "Real" klubi safarda Kataloniyaning "Barselona" siga qarshi baxs olib boradi. Bu baxsni kim boshqarishi ma’lum bo‘ldi.
El-klasikoda Alexandro Ernandes Ernandes bosh hakam sifatida ishlaydi. Bu uchrashuv La Liga chempionligi yo‘lidagi muhim bahs hisoblanadi.
34-turdan kegin "ko‘k-anorranglilar" 79 ochko bilan jadvalda etakchi bo‘lib turibdi. "Qaymoqranglilar" esa 75 ochko jamg‘arib, ikkinchi pog‘onada.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona" - "Real" uchrashuvi 11 may kuni soat 19:15da start oladi.
Fikrlar