
La Liga. Chempionlik kurashi davom etadi, "Real" g‘alaba qozondi
Hozirgina Ispaniya La Ligasi 28-turidan o‘rin olgan "Real" hamda "Eybar" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi. "Alfredo Di Stefano" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Toni Kroos, Serxio Ramos va Marselo tomonidan kiritilgan gollarga mehmonlar safida Pedro Bigas bir bor javob qaytardi. Shu tariqa, madridliklar hisobidagi ochkolar soni 59 taga etdi va jamoa peshqadam "Barselona" bilan 2 ochkolik tafovvutni saqlab qoldi. 27 ochkosi bor "Eybar" esa jadvalning 16-pog‘onasidan joy olgan.
Fikrlar